BARIATRIK JARROHLIKDAN KEYINGI MALABSORBSIYA SINDROMINI RIVOJLANISHI VA ERTA TASHXISLASH

Авторы

  • Nilufar Ishchanova Urganch davlat tibbiyot instituti. Urganch shahri, O‘zbekiston. Harbiy dala terapiyasi, gematologiya va diagnostika kafedrasi assistenti. Автор
  • Rashid Satliqov Urganch davlat tibbiyot instituti. Urganch shahri, O‘zbekiston. Harbiy dala terapiyasi, gematologiya va diagnostika kafedrasi dotsenti Автор

Ключевые слова:

bariatrik jarrohlik

Аннотация

Semizlik XXI asrning dolzarb global tibbiy muammolaridan biri bo‘lib, uni davolashda bariatrik jarrohlik eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Biroq jarrohlikdan keyingi davrda rivojlanadigan malabsorbsiya sindromi bemorlarning hayot sifati va uzoq muddatli klinik natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu tadqiqotning maqsadi bariatrik jarrohlikdan keyin rivojlanadigan malabsorbsiya sindromining klinik va laborator namoyon bo‘lishini baholash hamda uni erta tashxislash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda 2023–2025 yillarda Xorazm viloyatidagi “Surgemed” va “Med Plaza” klinikalarida me’daning laparoskopik bo‘ylama rezeksiyasi o‘tkazilgan va operatsiyadan keyingi 3–12 oy oralig‘ida malabsorbsiya sindromi aniqlangan 60 nafar bemor kuzatildi. Klinik belgilar, laborator (umumiy va biokimyoviy qon tahlillari, vitamin va mikroelementlar darajasi) hamda instrumental tekshiruv natijalari tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, malabsorbsiya sindromi asosan 40–59 yoshdagi bemorlarda va ayollarda ko‘proq uchradi. Eng ko‘p aniqlangan yetishmovchiliklar vitamin D, temir va vitamin B12 bilan bog‘liq bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, bariatrik jarrohlikdan keyin malabsorbsiya sindromini erta aniqlash uchun muntazam klinik va laborator monitoring, shuningdek individual ovqatlanish rejasi va vitamin-mineral qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.

Библиографические ссылки

Опубликован

2026-02-01