SURUNKALI KASALLIKLARI BOR BEMORLARDA RESPIRATOR INFEKSIYALARNING KECHISHI
##semicolon##
COVID-19##common.commaListSeparator## somatik kasalliklar##common.commaListSeparator## qandli diabet##common.commaListSeparator## arterial gipertoniya##common.commaListSeparator## klinik tahlilAbstrak
Ushbu tadqiqot 2020-yil aprel - dekabr oylarida Farg‘ona shahar 2-sonli shifoxonasida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib davolangan 1109 nafar bemor klinik ma’lumotlari asosida olib borildi. Tahlilda yosh guruhlari, hamroh kasalliklar, saturatsiya (SpO₂), nafas olish tezligi va laborator ko‘rsatkichlar (CRP, glyukoza, leykotsitlar) baholandi.
Natijalarga ko‘ra, bemorlarning 36,7%ida bir yoki bir nechta surunkali somatik kasalliklar aniqlangan bo‘lib, ular orasida arterial gipertoniya (34%), qandli diabet (7%), semizlik va yurak kasalliklari yetakchi o‘rinni egalladi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning 60%ida mavjud surunkali kasalliklar COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechish xavfini oshirgan, ayniqsa arterial gipertoniya va qandli diabet bilan og‘riganlarda bu holat yaqqol kuzatilgan
##submission.citations##
1. Covid-19 kasalligi bilan kasallangan bemorlar kasallik varaqalari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “COVID-19 infeksiyasi bo‘yicha klinik protokollar”, Toshkent, 2022.
3. WHO. Clinical management of COVID-19: Living guidance. World Health Organization, Geneva, 2023.
4. CDC. Underlying Medical Conditions Associated with Higher Risk for Severe COVID-19. Centers for Disease Control and Prevention, 2022.
5. “Bemorlarda pnevmoniya kechishining xususiyatlari.” Tibbiyotda innovatsiyalar jurnali, Toshkent, 2022; №4(56): 88-92.
6. Karimov A.R., Nazarov U.S. “Surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda COVID-19 infeksiyasi kechishining klinik ko‘rinishlari.” O‘zbekiston tibbiyot jurnali, 2021; №2: 47-51.
7. WHO. COVID-19: Clinical care for severe acute respiratory infection. Interim guidance, 2022.
8. Rahmonov I.I., To‘xtayev A.M. “Qandli diabet va COVID-19 infeksiyasining o‘zaro bog‘liqligi.” Endokrinologiya axborotnomasi, 2023; №1(23): 17-22.