DEPRESSIV HOLATLARNING YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Ключевые слова:
depressiya, yurak-qon tomir kasalliklari, psixoemotsional stress, arterial gipertenziyaАннотация
Ushbu maqolada depressiv holatlarning yurak-qon tomir kasalliklari bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy va klinik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, depressiya nafaqat ruhiy salomatlikka, balki somatik tizimlarga, xususan yurak-qon tomir tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Depressiv buzilishlar arterial gipertenziya, ishemik yurak kasalligi, miokard infarkti va insult rivojlanish xavfini oshiradi. Shuningdek, surunkali stress, vegetativ nerv tizimidagi disbalans, yallig‘lanish markerlarining ortishi hamda kortizol darajasining yuqoriligi yurak faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada psixoemotsional holatni barqarorlashtirish, erta diagnostika va kompleks profilaktika choralari yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi.
Библиографические ссылки
1. World Health Organization (WHO). Depression and Other Common Mental Disorders: Global Health Estimates. Geneva: WHO; 2017.
2. World Health Organization (WHO). Cardiovascular Diseases (CVDs) Fact Sheet. Geneva: WHO; 2023.
3. Carney R.M., Freedland K.E. Depression and coronary heart disease. Nature Reviews Cardiology. 2017;14(3):145–155.
4. Lichtman J.H., Bigger J.T., Blumenthal J.A. et al. Depression and coronary heart disease: Recommendations for screening and treatment. Circulation. 2008;118(17):1768–1775.
5. Penninx B.W.J.H. Depression and cardiovascular disease: Epidemiological evidence and biological mechanisms. Biological Psychiatry. 2017;81(9):740–748.
6. Hare D.L., Toukhsati S.R., Johansson P., Jaarsma T. Depression and cardiovascular disease: A clinical review. European Heart Journal. 2014;35(21):1365–1372.
7. Rozanski A., Blumenthal J.A., Kaplan J. Impact of psychological factors on the pathogenesis of cardiovascular disease. Journal of the American College of Cardiology. 1999;34(4):1139–1147.
8. Yusuf S., Hawken S., Ôunpuu S. et al. Effect of potentially modifiable risk factors associated with myocardial infarction. The Lancet. 2004;364(9438):937–952.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha milliy klinik tavsiyalar. Toshkent; 2022.
10. Nemeroff C.B., Goldschmidt-Clermont P.J. Heartache and heartbreak — The link between depression and cardiovascular disease. Nature Reviews Cardiology. 2012;9(9):526–539.