АYRISIMON BEZNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI TO'G'RISIDA ZAMONAVIY QARASHLAR

Authors

  • Shaxnoza Davronova Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institute Author

Keywords:

Ayrisimon bez

Abstract

Hozirgi kunda tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar uchun eng muhim muammolardan biri morfologiya, fiziologiya va immun tizimining patologik holatlaridir.  Inson tanasi uchun atrof-muhit, ijtimoiy va boshqa omillar, viruslar, bakteriyalar sezilarli darajada ta'sir ko'rsatishni boshladi. Bu esa oʻz navbatida organizmni moslashuvchanlik darajasini oshirmoqda.  Shu bilan birgalikda immun tizimi organlarni oʻrganish yildan-yilga oshib bormoqda.

Sutemizuvchilar, jumladan insonlarning immun tizimi tananing eng reaktiv tizimlaridan biri bo'lib, hayotning erta bosqichlardan boshlab zararli omillar ta'siriga tezda javob beradi. Immunitet tizimi tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) ta'sirlardan himoya qiluvchi va organizmning patogen reаksiyalariga ta'sir qiluvchi organlar va to'qimalar majmuasidan hosil bo'ladi

Immun tizimi organizmni turli koʻrinishdagi bakteriyalardan, viruslardankasalliklardan himoya qiluvchi biologik jarayonlar yigʻindisidir. Immun sistemasi turli xil patogenlar, mikroblar, shuningdek, saraton hujayralari ham taniydi, ularga immunologik javob reaksiyasi bilan javob qaytaradi va ularni organizm sogʻlom toʻqimalaridan ajratib turadi. Maʻlumki immun sistemasi ikkita asosiy guruhdan iborat. Tugʻma immun tizimi organizmni erta bosqichlarda xilma-xil holatlar va taʼsirlarga, kasalliklarga oldindan shakllantirib borilgan immun javob reaksiyasi orqali himoyani taʼminlaydi. Orttirilgan immun tizimi oldin oʻzi duch kelgan molekulalarni osonlik bilan tanib olish xususiyati orqali keyingi har bir taʻsirotga moslashtirilgan javob reaksiyasidir. Ikkala tizim ham oʻz vazifasini bajarish uchun molekulalar, hujayralardan, organlardan foydalanadilar.

References

Downloads

Published

2026-02-01