NOALKOGOL JIGAR YOG'LI KASALLIGI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA QON ZARDOBIDAGI SERAMIDLAR DARAJASINING KLINIK-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLAR BILAN BOG'LIQLIGI

Mualliflar

  • Murodjon Nasirdinov Andijon davlat tibbiyot instituti, Oilaviy shifokorlarni tayyorlash kafedrasi a ##default.groups.name.author##
  • Zuhriddin Salohiddinov Andijon davlat tibbiyot instituti, Oilaviy shifokorlarni tayyorlash kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori professor ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

noalkogol jigar yog'li kasalligi, seramid, sfingolipidlar, jigar steatozi, steatogepatit

Abstrak

Noalkogol jigar yog'li kasalligi (NJYK) zamonaviy gepatologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda, uning patogenezida sfingolipidlar sinfiga mansub bioaktiv lipid - seramidning o'rni so'nggi yillarda faol o'rganilmoqda. Ushbu maqolada NJYK bilan og'rigan bemorlarda qon zardobidagi seramid darajasining klinik-demografik ko'rsatkichlar (jins, yosh, tana vazni indeksi) bilan bog'liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotga jami 84 nafar shaxs - nazorat guruhi (n=29), jigar steatozi guruhi (n=28) va noalkogol steatogepatit guruhi (n=27) - jalb etildi. Seramid konsentratsiyasi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi-mass-spektrometriya (HPLC-MS) usuli bilan aniqlandi. Natijalarga ko'ra, seramid darajasi NJYK guruhlarida nazorat guruhiga nisbatan statistik ahamiyatli yuqori bo'ldi (Kruskal-Wallis H=42,620; p<0,001), bunda jinsga bog'liq tendensiya (ayollarda nisbatan yuqoriroq, biroq statistik ahamiyatsiz) hamda yosh guruhlari kesimida farqlar (eng yuqori ko'rsatkich 45-59 yosh guruhida, H=6,329; p=0,042) qayd etildi. Tana vazni indeksi yuqori bemorlarda seramid darajasi ham yuqoriroq tendensiyaga ega bo'ldi, biroq bu bog'liqlik statistik ahamiyat darajasiga yetmadi. Olingan ma'lumotlar seramidning NJYK klinik-demografik xususiyatlari bilan kompleks bog'liqligini va uni kasallikning erta bosqichlarida baholashda istiqbolli laborator ko'rsatkich sifatida o'rganish zarurligini asoslaydi

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Havolalar

1. Ludwig J., Viggiano T.R., McGill D.B., Oh B.J. Nonalcoholic steatohepatitis // Mayo Clinic Proceedings. - 1980. - Vol. 55, № 7. - P. 434-438.

2. Eslam M., Sanyal A.J., George J. et al. MAFLD: A Consensus-Driven Proposed Nomenclature for Metabolic Associated Fatty Liver Disease // Gastroenterology. - 2020. - Vol. 158, № 7. - P. 1999-2014.

3. Mendez-Sanchez N., Bugianesi E., Gish R.G. et al. Global multi-stakeholder endorsement of the MAFLD definition // Lancet Gastroenterology & Hepatology. - 2022. - Vol. 7. - P. 388-390.

4. Younossi Z.M., Koenig A.B., Abdelatif D. et al. Global epidemiology of NAFLD - meta-analytic assessment of prevalence, incidence, and outcomes // Hepatology. - 2016. - Vol. 64, № 1. - P. 73-84.

5. Hannun Y.A., Obeid L.M. Sphingolipids and their metabolism in physiology and disease // Nature Reviews Molecular Cell Biology. - 2018. - Vol. 19, № 3. - P. 175-191.

6. Srivastava A., Jong S., Gola A. et al. Cost-comparison analysis of FIB-4, ELF and FibroScan in community pathways for non-alcoholic fatty liver disease // BMC Gastroenterology. - 2019. - Vol. 19. - P. 122.

7. Daminov B.T., Usmanova U.Sh., Alavi B.A., Sobirova G.N. Прогноз распространённости неалкогольной жировой болезни печени // European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2020. - Vol. 7, № 3. - P. 3535-3538.

Nashr qilingan

2026-08-17