SHIFOXONA ICHI INFEKSIYALARI PROFILAKTIKASI

Mualliflar

  • Xurshida Raximova Urganch davlat tibbiyot instituti, Jamoat salomatligi va umumiy gigiyena kafedrasi assistenti, Urganch, O`zbekiston ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

ShII, San Qva M 0342-17, nozokomial infeksiya, gospital shtamm, dezinfeksiya

Abstrak

Ushbu maqolada tibbiyot muassasalarida shifoxona ichi infeksiyalarining (ShII) oldini olishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot asosan San Q va M № 0342-17 "Davolash-profilaktika muassasalarida ichki infeksiyalarning oldini olishga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablar" me’yoriy hujjati hamda O‘zbekiston Respublikasining oxirgi 5 yildagi sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlari asosida tayyorlandi. Maqolada ShII ning etiologik tuzilishi, polirezistent gospital shtammlarning shakllanish qonuniyatlari va ularning tarqalish mexanizmlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, tibbiyot muassasalarida dezinfeksiya va sterilizatsiya tadbirlarini tashkil etishning yangi bosqichlari, zamonaviy antiseptik vositalarning samaradorligi hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy xavfsizligini ta'minlash masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot yakunida ShII darajasini pasaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar va sanitariya-epidemiologik nazoratni takomillashtirish yo‘llari taklif etilgan.

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Havolalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. SanQvaM № 0342-17: Davolash-profilaktika muassasalarida ichki infeksiyalarning oldini olishga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablar. Toshkent, 2017.

2. Xodjayev A.A., va boshqalar. Gospital epidemiologiya va ShII nazorati: Zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2022.

3. Karimova M.N. "O‘zbekiston shifoxonalarida mikrobial landshaft tahlili (2020-2024)". Epidemiologiya va mikrobiologiya jurnali, 2024, №3.

4. JSST (World Health Organization). Core components for infection prevention and control programmes at the national and acute health care facility level. Geneva, 2021 (Milliy adaptatsiya 2023).

5. Shamsiyev A.M. Xirurgik infeksiyalar profilaktikasi va davolash standartlari. Samarqand, 2023 yil.

6. M.M. Hakimov, "Umumiy xirurgiya" 2011 yil 45- 50 betlar

7. Sh.Sh. Shovaxabov va boshqalar, "Xirurgik infeksiya" 2010 yil 12-25 betlar

8. A.M. Ubaydullayev, "Epidemiologiya" 2011 yil 380-415 betlar

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-07-30