QON ORQALI YUQADIGAN INFEKSIYALARNI OLDINI OLISH
Kalit so‘zlar:
Gepatit B, Gepatit C, OIV/OITS, parenteral yuquvchi kasalliklar, virulentlikAbstrak
Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblangan qon orqali yuquvchi (gemokontakt) infeksiyalarning global va milliy miqyosdagi epidemiologik holati keng qamrovli tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Gepatit B, C va OIV infeksiyalarining tarqalish dinamikasi, viruslarning tashqi muhit omillariga nisbatan biologik chidamliligi hamda ularning virulentlik xususiyatlari qiyosiy oʻrganilgan.
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi sanitariya-epidemiologik me’yorlari va qoidalari asosida tibbiyot muassasalarida dezinfeksiya va sterilizatsiya jarayonlarining samaradorligi, shuningdek, invaziv muolajalar davrida parenteral yuqish zanjirini uzish mexanizmlari ilmiy asoslab beriladi.
Tadqiqotning amaliy qismida laboratoriya diagnostikasining zamonaviy usullari, xususan, PZR (polimeraza zanjirli reaksiya) va skrining tahlillarining erta tashxis qoʻyishdagi oʻrni yoritilgan. Yakuniy xulosalar tibbiyot xodimlari oʻrtasida kasbiy xavfsizlikni ta’minlash, davolash-profilaktika muassasalarida aseptika qoidalariga rioya qilish va aholi oʻrtasida gemokontakt infeksiyalar profilaktikasi boʻyicha xavfsizlik madaniyatini tizimli oshirishga qaratilgan amaliy takliflarni oʻz ichiga oladi.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
Havolalar
1.O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: "Odam immun tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida" (Yangi tahrir).
2.PQ-243-sonli Qaror: "2022–2025-yillarda aholi o‘rtasida virusli gepatit B va C turlarini tarqalishini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" (16.05.2022).
3.Musabaev E.I. "Klinik gepatologiya" (Toshkent, 2021).
4.Jabborov R.A. "Epidemiologik nazorat asoslari" (O‘quv qo‘llanma, 2022).
5.JSST Hisoboti (2024): "Global Hepatitis Report: Towards elimination by 2030".
6.Azizov Yu.S. "Epidemiologiya" darsligi (Toshkent, 2019).



















