HOMILADORLIK PATOLOGIYASI, ONADAGI KASALLIKLAR VA BOLALARNING KO‘KYO‘TALGA MOYILLIGI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK

Авторы

  • Shaxnoza Raxmatullayeva tibbiyot fanlari doktori, dotsent Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent sh., O‘zbekiston Автор
  • Dilafruz Faxriddinova Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasi assistenti, Toshkent sh., O‘zbekiston Автор

Ключевые слова:

ko‘kyo‘tal, homiladorlik, bolalar, yondosh kasalliklar

Аннотация

Ko‘kyo‘tal, ayniqsa, ilk yoshdagi bolalar salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirib kelmoqda. Xavf omillarini tushunish samarali profilaktika choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Homiladorlikning to‘xtash xavfi va onadagi yondosh kasalliklar yangi tug‘ilgan chaqaloqning rivojlanishi va salomatligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa ularni yuqumli kasalliklar nuqtai nazaridan o‘rganishni muhim qilib qo‘yadi.

Tadqiqot maqsadi onadagi homiladorlik kechishi va yondosh kasalliklarga qarab ko‘kyo‘talning klinik-laborator kechish xususiyatlari bog‘liqligini o‘rganishdan iborat.

2017–2020-yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi III-klinikasining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limiga “Ko‘kyo‘tal” tashxisi bilan yotqizilgan 18 yoshgacha bo‘lgan 146 nafar bola tekshiruvdan o‘tkazildi.

Asosiy guruhdagi bemor bolalar onalarining salomatlik holati o‘rganilganda, 3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ularning 45 nafarida (16,7%) homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida ko‘ngil aynishi, qusish va umumiy ahvolning yomonlashishi bilan kechgan toksikozlar aniqlangan. 19 nafar (21,1%) ona kesarcha kesish yo‘li bilan farzandli bo‘lgan. Yondosh kasalliklari bo‘lgan onalar soni 12 nafarni (13,3%) tashkil etgan, muddatidan oldin tug‘ish holati aniqlanmagan, 6 nafar (6,7%) onada kindik o‘ralishi bilan tug‘ish kuzatilgan. Nazorat guruhidagi bolalar onalarida bu ko‘rsatkichlar quyidagicha bo‘ldi: 22 nafar (44%) onada homiladorlikning erta va kechki davrlarida toksikoz, 15 nafar (30%) onada kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ish kuzatildi, 25 nafar (50%) chaqaloqda kindik o‘ralishi qayd etildi, yondosh kasalliklari bo‘lgan onalar soni 18 nafarni (36%) tashkil etdi va 1 nafar (2%) ayolda muddatidan oldin tug‘ish holati kuzatildi.

Homiladorlikning kechmasligi, onadagi yondosh kasalliklar, patologik tug‘uruq asoratlari bola salomatligiga ta’sir qilib, premorbid fon kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi va bularning barchasi ko‘kyo‘talning og‘ir kechishiga olib kelishi mumkin.

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Библиографические ссылки

1. Babachenko I.V. Bolalarda ko‘kyo‘tal. M: Kommentariy, 2014; 176b. http://niidi.ru/dotAsset/81b423f4-54db-46be-ab61-eba09a97e09f.pdf

2. Basov A.A. Ommaviy maxsus profilaktika sharoitida Rossiya federatsiyasida ko‘kyo‘tal epidemik jarayoni. Epidemiologiya va vaksinoprofilaktika. 2012; № 4: 23-28. https://cyberleninka.ru/article/n/epidemicheskiy-protsess-koklyusha-v-rossiyskoy-federatsii-v-usloviyah-massovoy-spetsificheskoy-profilaktiki

3. Ko‘kyo‘talga qarshi vaksinalar: JSST pozitsiyasi, 2015-yil avgust. Haftalik epidemiologik byulleten. 2015, № 35: 433-460. https://iris.who.int/bitstream/handle/10665/232704/WER8004_RUS.PDF?sequence=1&isAllowed=y

4. 2020-yilda Rossiya Federatsiyasida aholining sanitariya-epidemiologik farovonligi holati to‘g‘risidagi davlat ma’ruzasi. – M.: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasini nazorat qilish federal xizmati, 2021. – 206 b. https://www.rospotrebnadzor.ru/documents/details.php?ELEMENT_ID=18266

5. Gracheva N.M., Devyatkin A.V., Petrova M.S., Borisova O.Yu., Skirda T.A. va boshq. Ko‘kyo‘tal (klinika, diagnostika, davolash). Nafas olish a’zolarining yuqumli kasalliklari. 2016; 3-maxsus son: 13-25. http://niidi.ru/dotAsset/81b423f4-54db-46be-ab61-eba09a97e09f.pdf

6. Ko‘kyo‘tal va parako‘kyo‘tal diagnostikasi.- UT 3.1.2.0072-13 (uslubiy tavsiyalar) - www/ consultant. https://docs.cntd.ru/document/1200102853

7. Ko‘kyo‘talga qarshi immunoglobulinlarni aniqlash uchun IFA yordamida ko‘kyo‘tal diagnostikasi. / T.A. Romanenko [va boshq.] //Bola salomatligi. – 2010. – № 4. – B. 104-108. https://cyberleninka.ru/article/n/diagnostika-koklyusha-s-pomoschyu-ifa-dlya-vyyavleniya-protivokoklyushnyh-immunoglobulinov

8. Dolinina A.F., Gromova L.L., Muxin K.Y. Bolalarda febril tutqanoqlar. Nevrologiya va psixiatriya jurnali. 2015; №3: 86-88. https://elib.usma.ru/handle/usma/14677

9. Zaytsev Ye.M. Ko‘kyo‘talga qarshi infeksiyadan keyingi va emlashdan keyingi gumoral immunitetning o‘ziga xos xususiyatlari: diss. avtoreferati (DSc): M.: 2012. – 44 b. https://www.dissercat.com/content/osobennosti-postinfektsionnogo-i-postvaktsinalnogo-gumoralnogo-immuniteta-k-koklyushu

10. Yo‘tal. Umumiy amaliyot shifokorlari (oila shifokorlari) uchun qo‘llanmalar. 2015.UASH22. https://www.researchgate.net/publication/354162540_Kasel_Metodiceskie_rekomendacii_dla_vracej_Cough_Guidelines_for_physicians

11. Krasnov V.V., Ilyanyenkov K.F., Pavlovich L.R., Kuzmicheva M.V. “Hayotining birinchi yilidagi bolalarda ko‘kyo‘tal”. Bolalar infeksiyalari. 2018; 17(1): 12-17. file:///C:/Users/user/Downloads/koklyush-u-detey-pervogo-goda-zhizni.pdf

Опубликован

2026-07-25