EKSPERIMENTAL URETEROGIDRONEFROZDA SIYDIK NAYI DEVORINING DINAMIK MORFOLOGIK QAYTA QURILISHI
Ключевые слова:
ureterogidronefroz, siydik nayi, uroteliy, mushak qavati, adventitsiyaАннотация
Eksperimental ureterogidronefroz sharoitida siydik nayi (ureter) devorining barcha qavatlarida kechadigan struktur-morfologik o‘zgarishlarning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash. Tadqiqotda 48 ta jinsiy yetuk oq laboratoriya kalamushlari (Rattus norvegicus), jumladan 24 ta erkak va 24 ta urg‘ochi kalamushlardan foydalanildi (yoshi 3 oylik, vazni 180–220 g). Hayvonlar 2 guruhga bo‘lindi: I guruh – nazorat (n=24) va II guruh – eksperimental ureterogidronefroz (n=24). Eksperimental model M.V. Novikova usuli bo‘yicha ureterning yuqori uchdan bir qismini steril ipak ligatura bilan bog‘lash orqali yaratildi. Hayvonlar 3 oy davomida kuzatilib, tajriba yakunida dekapitatsiya qilindi. Siydik nayining qorin (pars abdominalis), chanoq (pars pelvina) hamda intramural (pars intramuralis) qismlaridan biopsy materiallar olindi. Gistologik (gematoksilin-eozin, Van Gizon), gistokimyoviy (PAS, Alcian blue) va immunogistokimyoviy (Ki-67, sitokeratinlar, kollagen) usullar yordamida Leica DM-1000 mikroskopida tahlil qilindi.
Kuzatuv dinamikasida patologik jarayonning bosqichma-bosqich kechishi aniqlandi. Dastlabki 3-4 oylik muddatlarda shilliq qavat va mushak qavatida kompensator-adaptiv reaksiyalar (uroteliy proliferatsiyasi, kapillyarlar kengayishi, silliq mushak tolalari gipertrofiyasi) ustunlik qildi. 5-6 oylik kechki muddatlarda esa kompensatsiya resurslari tugab, dekompensator va fibrotik jarayonlar chuqurlashdi: uroteliyda vakuolyar distrofiya va deskvamatsiya, silliq mushak tolalari dezorganizatsiyasi va atrofiya, adventitsial qavatda esa perivaskulyar va perinevral diffuz fibroz rivojlandi. Zararlanish jadalligi bo‘yicha intramural qism eng yuqori, qorin qismi esa eng kam darajada o‘zgargani aniqlandi.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
Библиографические ссылки
1. Novikova M.V. Laboratoriya hayvonlarida obstruktiv uropatiyani modellashtirish usuli. – Eksperimental urologiya va morfologiya jurnali, 2015; 4(2): 45-50.
2. Jackson A.R., Narla S.T., Bates C.M., Becknell B. Urothelial progenitors in development and repair. Pediatric Nephrology. 2022; 37(8):1721–1731.
3. Reicherz A., Eltit F., Almutairi K., et al. Ureteral Obstruction Promotes Ureteral Inflammation and Fibrosis. European Urology Focus. 2023; 9(2):371–380.
4. Carey C., Gurumurthy G., Napier-Hemy R., Zelhof B. A review of the current treatment methods for retroperitoneal fibrosis with obstructive uropathy. BJUI Compass. 2024;5(8):721–731.
5. Meng X.M., Nikolic-Paterson D.J., Lan H.Y. TGF-beta: the master regulator of fibrosis. Nature Reviews Nephrology. 2016;12(6):325–338.



















