O‘ZBEKISTONDA OIV INFEKSIYASI EPIDEMIK JARAYONI KO‘RINISHLARINI TAVSIFLOVCHI AYRIM KO‘RSATKICHLARNING KO‘P YILLIK DINAMIKASI

Authors

  • Umirov S.E Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Alfraganus universiteti, AL-9624115141-son ilmiy-amaliy loyiha rahbari, tibbiyot fanlari doktori Author
  • Yusupova D.Y Toshkent davlat tibbiyot universiteti, AL-9624115141-son ilmiy-amaliy loyiha ijrochisi, tibbiyot fanlari nomzodi Author
  • Yusupov SH.R. Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Urganch davlat tibbiyot institutining “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va ftiziatriya” kafedrasi mudiri Author
  • Razzoqberganova D.O Urganch davlat tibbiyot institutining “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va ftiziatriya” kafedrasi o’qituvchisi Author

Keywords:

OIV infeksiyasi, epidemik jarayon, koʻp yillik dinamika, kasallanish koʻrsatkichlari, epidemiologik monitoring

Abstract

OIV infeksiyasi XXI asrning eng muhim global sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Maqsad. OIV infeksiyasining epidemik jarayoni ko‘rinishlarini retrospektiv tahlil etish va baholash asosida kasallanish profilaktikasini takomillashtirishdan iborat. Materiallar va usullar. Tadqiqot AL-9624115141-son ilmiy-amaliy loyiha doirasida Respublika OITSga qarshi kurashish markazining 1987–2025 yillardagi hujjatlari asosida bajarildi. Retrospektiv epidemiologik tahlil va biostatistik usullardan foydalanildi. Natijalar. 1987-2025 yillar mobaynida OIV infeksiyasi bilan kasallanishning jadalligi 100 ming nafar aholiga 0,3 dan 14,1 ga qadar tebrangan, o‘rtacha yillik ko‘rsatkich 9,8 dan, medianasi esa 10,9 dan iborat. O‘zbekistonda OIV epidemiyasining rivojlanish dinamikasini ikki bosqich (boshlang‘ich va to‘plangan bosqichlar) hamda to‘rt davrga ajratish mumkin. 2020-yildan boshlab kasallanishning nisbatan pasayish jarayoni kechayotgan bo’lsa-da, 2025 yildagi kasallanish ko‘rsatkichi (9,6), 1987-1999 yillar mobaynidagi o‘rtacha kasallanish ko‘rsatkichidan (0,3) 32 marta, 2000 yildagi kasallanish ko‘rsatkichidan (0,6) 16 marta yuqori. 2013-2023 yillar mobaynida OIV infeksiyasi bilan kasallanishning o’rtacha ko’rsatkichi (11,7) B va C gepatitlari bilan kasallanishning o’rtacha ko’rsatkichidan (tegishlicha 0,7 va 0,25) mos ravishda 16,7 va 46,8 marta yuqori. “Parenteral yo’l” rukni ostida OIV infeksiyasining giyohvand moddalar in’eksiyasi orqali yuqishi ham, tibbiy muolajalar jarayonida yuqishi ham umumlashtirilgan holatda taqdim etilishi epidemiologik tashxisotning mavhumligiga olib keladi. Kasallanish tarkibida migrantlar hissasining ustuvorlik kasb etishi, bemorlarning jinsiy tarkibida erkaklar hissasining yanada oshishiga olib kelmoqda. Hozirgi paytda tashqi mehnat migratsiyasida bo'lish OIV infeksiyasi epidemik jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘lmoqda

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Joint United Nations Programme on HIV/AIDS (UNAIDS). Global HIV & AIDS statistics — Fact sheet 2026. Geneva: UNAIDS; 2026 July. Available from: https://www.unaids.org/en/resources/fact-sheet

2. World Health Organization (WHO). HIV and AIDS: Fact sheets. Geneva: WHO; 2026. Available from: who.int World Health Organization (WHO)·https://www.who.int

Downloads

Published

2026-09-03