OIV INFEKSIYALI BEMORLARDA KUZATILAYOTGAN OPPORTUNISTIK KASALLIKLARNING ETIOLOGIK TARKIBI

Authors

  • Tilavberdiyev SH.A Zomin tumani tibbiyot birlashmasi, tibbiyot fanlari doktori Author
  • Igamberdiyev B.N Respublika OITS ga qarshi kurashish markazi Author
  • Umirov S.E Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Alfraganus universiteti, tibbiyot fanlari doktori Author
  • Yusupov SH.R Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Urganch davlat tibbiyot institutining “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va ftiziatriya” kafedrasi mudiri Author

Keywords:

OIV infektsiyasi, opportunistik infektsiyalar, pnevmocistoz, sitomegalovirus infektsiyasi

Abstract

OIV in'ektsiyali bemorlarning hayoti uchun xavf tug’diruvchi asosiy sabab opportunistik infektsiyalar va ikkilamchi kasalliklar hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi OIV infektsiyali bemorlarda opportunistik kasalliklarning tarkibini baholash va laborator ko'rsatkichlarini tavsiflashdan iborat. Materiallar va usullar. Opportunistik kasalliklar bilan asoratlangan OIV infeksiyali 121 nafar tasodifiy tanlab olingan bemorlarga taalluqli ma’lumotlar retrospektiv tahlil etildi. Natijalar va ularning muhokamasi. Bemorlarning jinsiy tarkibida erkaklar ulushi, ayollar ulushiga qaraganda 2 marta yuqori. Yosh guruhlari tarkibida 40-49 yosh guruhidagi shaxslar hissasi ustuvor. Bemorlarning 83 nafarida (68,6%) ikkilamchi kasallik alohida holatda, 38 nafarida (31,4%) turli ko’rinishlardagi mikst holatida kuzatilgan. Alohida yoki boshqa opportunistik kasalliklar bilan qo’shilgan holda jami citomegalovirusli infeksiyalar 73,6%, pnevmocistoz 48,8% va traxeobronxial kandidoz 13,2%  bemorlarda qayd etildi. OIV infektsiyali bemorlarda vujudga keladigan opportunistik kasalliklarning turi immunitet tanqisligi darajasiga bog’liq. Birga kechuvchi opportunistik kasalliklar soni oshishiga mutanosib ravishda OIV yuklamasining medianasi oshib boradi. Xulosalar. Ikkilamchi kasalliklar OIV infektsiyasining kechishiga va uning oqibatiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi, rivojlanish suratini tezlashtiradi va bemorlarning umrini qisqartiradi. Shu bois, OIV bilan kasallangan bemorlarni baholashda, olib borishda kompleks va  integrativ yondashuv taqazo etiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Беляков Н.А., Рассохин В.В. Коморбидные состояния при ВИЧ-инфекции. Часть 1. Основы проблемы. СПб.: Балтийский медицинский образовательный центр; 2018.

2. Ладная Н.Н., Покровский В.В., Соколова Е.В., Чекрыжова Л.Г., Киржанова В.В. Распространение инфекции, вызываемой вирусом иммунодефицита человека, на территориях Российской Федерации в 2021 г. Эпидемиол. инфекц. болезни. Актуал. вопр. 2022;12(3):12-18.

3. Доскожаева С.Т. Оппортунистические инфекции и вторичные заболевания при ВИЧ-инфекции // Вестник АГИУВ (Алматинский государственный институт усовершенствования врачей). -№1, 2011. С. 20-22

4. Покровская А.В., Покровский В.В., Акимкин В.Г. Возможности использования каскадной модели медицинской помощи людям, живущим с ВИЧ // Терапевтический архив. 2020. Т. 92, № 11. С. 71–76. doi: 10.26442/00403660.2020.11.000686].

5. Самитова Э. Р. Пневмоцистная пневмония у больных ВИЧ-инфекцией: особенности клиники, диагностики и лечения. Автореферат дисс. на соиск. уч. ст. кандидата медицинских наук.- Москва-2011.-25 с.

6. Тилавбердиев Ш.А., Климко Н.Н., Деннинг Д.В. Использование модели LIFE Program для оценки распространенности тяжелых хронических микотических заболеваний в Республике Узбекистан // Проблемы медицинской микологии. – Россия, 2016. – №3. – С. 3-6. (Impact factor 0,45).

7. Шахгильдян В.И., Ядрихинская М.С., Сафонова А.П. и др. Структура вторичных заболеваний и современные подходы к их лабораторной диагностике у больных ВИЧ-инфекцией. Эпидемиол. и инфекц. болезни. Актуал. вопр. 2015;5(1):24-30.

8. Шахгильдян В.И., Ядрихинская М.С, Орловский А.А., Яровая Е.Б. Клиническая, вирусологическая, иммунологическая характеристика госпитализированных больных ВИЧ-инфекцией. Тер. архив. 2018;90(11):18-23.

9. Шахгильдян В.И., Домонова Э.А. и др. Диагностическое значение качественного и количественного определения ДНК ЦМВ в биологических материалах у больных ВИЧ-инфекцией с легочной патологией // Лабораторная служба.-2023, Т. 12, №1, с.7–13 https://doi.org/10.17116/labs2023120117

Downloads

Published

2026-07-30